Agar dadangiz va onangizning nikohi FHDYo organida rasman qayd etilmagan bo‘lsa, ularga er-xotinning umumiy mulki to‘g‘risidagi qoidalar tatbiq etilmaydi.
Shu sababli avtomobilь faqat dadangiz nomida bo‘lsa, uni sotish uchun onangizning er yoki xotin sifatidagi notarial roziligi talab qilinmaydi.
Muhim: birga yashash, umumiy farzandlar borligi yoki umumiy ro‘zg‘or yuritilishi o‘z-o‘zidan rasmiy nikoh va er-xotinning umumiy mulk huquqini vujudga keltirmaydi.
Qoida tariqasida, alohida ma’lumotnoma olib borish talab qilinmaydi.
Mulkdorning nikohda turgani, nikohdan ajralgani, beva yoki bo‘ydoq ekaniga oid ma’lumotlar notarius tomonidan fuqarodan ortiqcha hujjat talab qilmasdan «FHDYoning yagona elektron arxivi» orqali mustaqil tekshiriladi.
Zarur hollarda avtomobilь egasidan eri yoki xotini yo‘qligi haqida shaxsiy yozma ariza olinishi mumkin.
Agar avtomobilь rasmiy nikoh davrida umumiy mablag‘lar hisobiga sotib olingan bo‘lsa, u kimning nomiga rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanishi mumkin.
Bunday avtomobilni sotish uchun ikkinchi turmush o‘rtoqning notarial tasdiqlangan yozma roziligi talab qilinadi.
Nikoh bekor qilingani umumiy mulkka bo‘lgan huquqni avtomatik ravishda tugatmaydi. Agar avtomobilь avvalgi rasmiy nikoh davrida olingan bo‘lsa va mulk bo‘linmagan bo‘lsa, sobiq turmush o‘rtoqning huquqlari mavjud bo‘lishi mumkin.
Bunday holatda notarius avtomobilь qachon va qanday asosda olinganini tekshiradi.
Avtomobilь:
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilanadi.