Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2721 marta o'qildi

V Uzbekistane Sentralьnaya tamojennaya laboratoriya nachala ekspertizu narkotikov i prekursorov

Bojxona ekspertizasi qanday maqsadda o‘tkaziladi?

Bojxona ekspertizasi — tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan, ekspert tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqot o‘tkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakat.

Ekspertiza tovarning TIF TN bo‘yicha to‘g‘ri tasniflanganligini tekshirish, uni qayta ishlash mahsulotida identifikatsiyalash hamda intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.

Qachon ekspertiza tayinlanadi?

Bojxona ekspertizasi, jumladan:

  • bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida;
  • tovarni TIF TN bo‘yicha tasniflash yuzasidan dastlabki qaror qabul qilishda;
  • bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi tasdiqlangan hollarda o‘tkazilishi mumkin. Ekspertiza bojxona organi binosida, zarur hollarda esa ob’ekt joylashgan boshqa joyda ham o‘tkaziladi.

Nimalar ekspertiza ob’ekti bo‘ladi?

Tovarlar, ularning namunalari va nusxalari, bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda tovar haqida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, shuningdek tovarni identifikatsiyalash belgilari tadqiqot ob’ekti bo‘lishi mumkin.

Ekspertiza qancha vaqtda o‘tkaziladi?

Ekspertiza murakkabligiga qarab maksimal muddatlar quyidagicha:

  • birinchi toifa — 3 ish kunigacha;
  • ikkinchi toifa — 5 ish kunigacha;
  • uchinchi toifa — 10 ish kunigacha;
  • to‘rtinchi, o‘ta murakkab toifa — 20 ish kunigacha.

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi bilan bog‘liq holatlarda ekspertiza o‘tkazish muddati 30 kundan oshmasligi lozim.

Vakolatli shaxs qanday huquqlarga ega?

Ekspertiza tayinlanayotganda va o‘tkazilayotganda vakolatli shaxs ekspertiza natijalari ustidan shikoyat qilish, ekspertga qo‘shimcha savollar kiritishni so‘rash, tovardan namuna olinayotganda ishtirok etish va ekspert xulosasi bilan tanishish huquqiga ega.

Agar xulosa etarlicha asoslanmagan bo‘lsa yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilsa, qonunchilikda belgilangan hollarda takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanishi mumkin.

Chat