Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4669 marta o'qildi

Tashqi reklama va axborot ob’ektlariga doir asosiy talablar nimalardan  iborat?

Murojaat qilish tartibi

Transport vositasida tashqi reklama va axborot joylashtirish uchun reklama joyining pasporti Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtiriladi.

Xizmat transport vositalarida, yo‘nalishlardagi avtobuslar bundan mustasno, tashqi reklama joylashtirish uchun qo‘llaniladi.

Ariza avtomatik tarzda «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi orqali:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga;
  • tegishli viloyat hokimligiga;
  • Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi vakolatli departamentga yuboriladi.

Transport vositasidagi reklama harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi bilan kelishiladi.

Talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar

Ariza beruvchi quyidagilarni taqdim etadi:

  • avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasining seriyasi va raqami;
  • transport vositasida joylashtirilishi rejalashtirilgan reklama va axborotning transport vositasini to‘rt tomondan aks ettiruvchi eskizi;
  • uchinchi shaxs manfaati uchun harakat qilinganda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma.

Ariza beruvchidan reglament va elektron so‘rovnomada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Yig‘im va ko‘rib chiqish muddati

Davlat xizmati uchun 1 BHM miqdorida yig‘im undiriladi:

  • 2026-yil 31-avgustga qadar — 412 000 so‘m;
  • 2026-yil 1 sentyabrdan — 440 000 so‘m.

Bundan tashqari, transport vositasida reklamani joylashtirish uchun hudud bo‘yicha belgilangan yig‘im pasportni berish vaqtida to‘lanadi. Uning aniq miqdori elektron invoysda ko‘rsatiladi.

Ariza 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganda ERI bilan tasdiqlangan, QR-kodli pasport MyGov’dagi shaxsiy kabinetga elektron shaklda yuboriladi.

Pasport 1 yil muddatga beriladi.

Reklama joyining pasportini olmasdan transport vositasida tashqi reklamani joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Rad etish va qayta murojaat qilish

Pasportni rasmiylashtirish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

  • belgilangan yig‘im to‘lanmaganda;
  • ma’lumotlar yoki hujjatlar reglament talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
  • reklama eskizi harakat xavfsizligi qoidalariga mos kelmaganda;
  • taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmaganda;
  • tashqi reklama bo‘yicha tegishli qarzdorlik bartaraf etilmaganda.

Rad etish sabablari MyGov’dagi shaxsiy kabinetga yuboriladi. Ariza beruvchi rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etib, rad javobini olgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yig‘imni qayta to‘lamasdan murojaat qilishi mumkin.

Davlat organlari yoki ularning xodimlari xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.

Chat