Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3670 marta o'qildi

Nasledstvo na kolyosax. Yurist raskrыl, komu dostayutsya avtomobili umershix |  Argumentы i Faktы 

Marhum turmush o‘rtoq nomidagi avtomobilni mening roziligim bilan xaridorga o‘tkazish mumkinmi?

Yo‘q. Avtomobilь marhum nomida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, tirik qolgan turmush o‘rtoqning roziligi bilangina uni bevosita xaridor nomiga rasmiylashtirib bo‘lmaydi.

Dastlab:

  • avtomobilning er-xotin umumiy mulkidagi ulushi;
  • meros tarkibiga kiruvchi qismi;
  • merosxo‘rlar doirasi;
  • har bir merosxo‘rning ulushi aniqlanishi lozim.

Avtomobilь nikoh davrida sotib olingan bo‘lsa nima bo‘ladi?

Agar avtomobilь rasmiy nikoh davrida umumiy mablag‘lar hisobiga olingan bo‘lsa, u kimning nomida turganidan qat’i nazar, er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanishi mumkin.

Bunda tirik qolgan turmush o‘rtoqqa, qoida tariqasida, umumiy mulkdagi o‘z ulushi uchun mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beriladi. Marhumga tegishli qolgan qism esa meros tarkibiga kiradi.

Muhim: turmush o‘rtoqning umumiy mulkdagi ulushi — meros ulushi emas. Tirik qolgan turmush o‘rtoq o‘zining mulkiy ulushidan tashqari, marhumning merosida ham birinchi navbatdagi merosxo‘r sifatida qatnashishi mumkin.

Avtomobilь kimlarga meros bo‘lib o‘tadi?

Vasiyatnoma mavjud bo‘lmasa, marhumning farzandlari, rasmiy nikohdagi turmush o‘rtog‘i va ota-onasi birinchi navbatdagi merosxo‘rlar bo‘lib, teng ulushlarda meros oladi.

Avtomobilь marhumning nikohdan oldingi shaxsiy mulki bo‘lgan yoki unga hadya yoxud meros tariqasida o‘tgan bo‘lsa, u to‘liq meros tarkibiga kiritiladi.

Avtomobilni sotish uchun nima qilish kerak?

Meros ochilgan joydagi notariusga murojaat qilinib, meros ishi ochiladi. Odatda, meros ochilganidan keyin olti oy o‘tgach, merosxo‘rlarga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Shundan keyin:

  • barcha mulkdorlar avtomobilni birgalikda sotishi;
  • ulardan biriga sotish uchun ishonchnoma berilishi;
  • merosxo‘rlar kelishuviga ko‘ra avtomobilь bir merosxo‘rga berilib, boshqalarga tovon to‘lanishi mumkin.

Boshqa merosxo‘rlarning roziligisiz sotish mumkinmi?

Yo‘q. Agar avtomobilь bir nechta merosxo‘rning umumiy ulushli mulkiga aylangan bo‘lsa, ularning ulushlari rasmiylashtirilmasdan va roziligisiz butun avtomobilni sotish mumkin emas.

Voyaga etmagan merosxo‘r mavjud bo‘lsa, uning ulushini sotishda vasiylik va homiylik organining ruxsati ham talab qilinishi mumkin.

Tartib O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilanadi.

Chat