
Tez va yuqori sur’atlarda o‘sayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini yiriklashtirish maqsadida «chempion tadbirkor»larga aylantiriladigan tashkilotlar ro‘yxati shakllantiriladi.
Tuman yoki shahar darajasida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida:
Respublika darajasida:
Ro‘yxat Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va hududiy hokimliklar ishtirokida shakllantiriladi.
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan tadbirkorlarni «chempion» toifasiga olib chiqishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalari uchun tijorat banklari orqali 10 milliard so‘mgacha milliy yoki xorijiy valyutada kredit ajratish maqsadida resurs joylashtiriladi.
Mezonlarga javob berish kredit avtomatik ravishda berilishini anglatmaydi. Loyiha bank va Kompaniya talablari asosida alohida baholanadi.
Mezonlar Prezidentning 2025-yil 19-martdagi PF-50-son farmoni, moliyaviy instrument esa Prezidentning 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-son farmoni bilan belgilangan.