
Havo kodeksiga ko‘ra, yo‘lovchi, qo‘l yuki yoki yukni tashish kechiktirilganligi uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi, agar u kechikishning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rganini yoki bunday choralarni ko‘rish imkoni bo‘lmaganini isbotlay olmasa. Engib bo‘lmaydigan holatlar yuzaga kelganda tashuvchi javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Parvoz tashuvchi belgilagan aniq vaqtdan kechiksa, yo‘lovchiga etkazilgan zarar qoplanishi lozim. Kompensatsiya miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda va tashuvchining qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Parvoz kechiktirilganda tashuvchi yo‘lovchiga quyidagi bepul qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatadi:
Bu xizmatlar kechikish sababli yo‘lovchiga etkazilgan zararni kamaytirishga qaratilgan.
Agar tashuvchi qatnovni bekor qilsa, jadval bo‘yicha bajara olmasa yoki uning aybi bilan yo‘lovchi tutash qatnovga etib bora olmasa, tashish shartnomasi majburiy tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
Bunday holatda tashuvchi yo‘lovchini:
manzilga etkazishi kerak. Xizmat ko‘rsatish toifasi yuqoriroqqa o‘zgarsa qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi, pastroq toifaga o‘tkazilsa tariflar farqi qaytariladi.
Tashish majburiy ravishda o‘zgargan holatda yo‘lovchi bajarilmagan tashish qismi uchun chiptani yig‘im undirilmasdan majburiy qaytarish huquqiga ega.
Agar chiptaning hech bir qismi ishlatilmagan bo‘lsa, to‘langan tarif va yig‘imlar qaytariladi. Chipta qisman ishlatilgan bo‘lsa, to‘langan tarif bilan amalga oshirilgan tashish qismi uchun tarif o‘rtasidagi farq qaytariladi.
Mamlakat ichkarisidagi havo tashishlarida tashuvchiga talab 6 oy ichida, jarima to‘lashga oid talab esa 45 kun ichida qo‘yilishi mumkin.
Yo‘lovchi yoki bagaj tashish yuzasidan sudga da’vo kiritishdan oldin, qoida tariqasida, avval tashuvchiga talab qo‘yilishi shart. Xalqaro tashishlarda talab va da’vo muddatlari O‘zbekiston qonunchiligi hamda tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
Eslatma: reys kechikkan yoki bekor qilingan paytda elektron chipta, bron, posadka taloni, aviakompaniya xabarlari va kechikish tufayli qilingan zarur xarajatlar cheklarini saqlash maqsadga muvofiq.