
Tashuvchi tashish uchun qabul qilib olgan yuk yoki bagajning:
Tashuvchining qonunda belgilangan javobgarligini yo‘lovchi yoki yuk egasi bilan tuzilgan shartnoma orqali oldindan cheklab yoki bekor qilib qo‘yish mumkin emas.
Tashuvchi etkazilgan zararni quyidagi miqdorda qoplaydi:
Bundan tashqari, tashuvchi yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan yuk uchun olgan tashish haqini, agar u tovar qiymatiga kiritilmagan bo‘lsa, qaytarishi kerak. Jo‘natuvchi etkazilgan boshqa zararlarni ham qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Agar yuk bir yo‘nalishda turli transport turlari orqali tashilgan bo‘lsa, uning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi uchun tashuvchilar yuk jo‘natuvchi yoki oluvchi oldida solidar javobgar bo‘ladi.
Yuk kechikib etkazilganda esa oxirgi tashuvchi, agar kechikishda tashuvchilarning aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi.
Yuk yoki bagaj qabul qilinayotganda uning holatini tekshirish, kamomad yoki shikastlanish aniqlansa bu holatni tashish hujjatlarida yoki belgilangan dalolatnomada qayd ettirish maqsadga muvofiq.
Talabga:
Yuk tashishdan kelib chiqadigan nizoda sudga da’vo kiritishdan oldin tashuvchiga tegishli transport qoidalarida nazarda tutilgan tartibda talab qo‘yilishi shart.
Agar tashuvchi talabni to‘liq yoki qisman rad etsa yoki 30 kun ichida javob bermasa, yuk jo‘natuvchi yoki oluvchi sudga murojaat qilishi mumkin. Yuk tashishga oid bunday talablar bo‘yicha da’vo muddati 1 yil. Bu maxsus qoida yo‘lovchi va bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga tatbiq etilmaydi.