Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4614 marta o'qildi

1. Nikoh shartnomasi faqat mulkiy munosabatlarni tartibga soladi

Nikoh shartnomasida er-xotinning mol-mulki, daromadlari, oila xarajatlari, o‘zaro moddiy ta’minoti va nikoh bekor qilinganda mulkni taqsimlash tartibi belgilanishi mumkin.

Unda shaxsiy munosabatlar yoki bolani kim tarbiyalashi kabi masalalar belgilanmaydi.

2. Shartnoma nikohdan oldin yoki nikoh davrida tuziladi

Nikohdan oldin tuzilgan shartnoma nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan kuchga kiradi. Nikoh davrida tuzilgan shartnoma notarial tasdiqlanganidan keyin amal qiladi.

Shartnoma yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi shart. Uni tasdiqlash uchun davlat boji undirilmaydi.

3. Mol-mulk tartibini taraflar belgilaydi

Er-xotin mavjud va kelajakda orttiriladigan mol-mulkka nisbatan:

  • umumiy;
  • ulushli;
  • alohida mulk tartibini belgilashi mumkin.

Muhim: nikoh shartnomasi taraflardan birini o‘ta noqulay holatga solishi, sudga murojaat qilish huquqini yoki mehnatga layoqatsiz muhtoj turmush o‘rtoqning ta’minot olish huquqini cheklashi mumkin emas.

4. Bir tomon shartnomadan o‘z xohishi bilan voz kecha olmaydi

Nikoh shartnomasi er-xotinning o‘zaro kelishuvi bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bu ham notarial shaklda rasmiylashtiriladi.

Bir tomonlama rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizo bo‘lsa, masala sud tomonidan hal qilinadi.

5. Shartnoma sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin

Qonunga zid, bir tarafni o‘ta noqulay holatga soluvchi yoki er-xotinning qonun bilan himoya qilinadigan huquqlarini cheklovchi shartlar to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Er yoki xotin shartnoma tuzilgani, o‘zgartirilgani yoki bekor qilingani haqida kreditorlarini xabardor qilishi shart.

Chat