Agar er-xotinning voyaga etmagan farzandlari bo‘lmasa, ular nikohdan ajrashishga o‘zaro rozi bo‘lsa hamda o‘rtada mol-mulkni bo‘lish bilan bog‘liq nizo mavjud bo‘lmasa, nikoh FHDYo organida bekor qilinishi mumkin. Ariza berishda er-xotin voyaga etmagan farzandlari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlaydi.
Agar xotin homilador bo‘lsa, FHDYo organi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Voyaga etmagan farzand, mulkiy nizo yoki yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz er yoki xotinni ta’minlash bo‘yicha nizo mavjud bo‘lsa, nikohdan ajratish masalasi sud tartibida hal etiladi.
Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza er-xotinning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar FHDYo organiga berilishi mumkin.
Agar nikoh O‘zbekiston Respublikasi FHDYo organida qayd etilgan bo‘lsa, arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron shaklda ham berish mumkin. Bunda er-xotinning shaxsi Face-ID yoki MyID orqali tasdiqlanadi va bunday tasdiq nikohdan ajrashishga rozilik bildirilganini anglatadi.
Agar er-xotindan biri ariza berish uchun FHDYo organiga shaxsan kela olmasa, birgalikda tuzilgan arizani ikkinchi tomon topshirishi mumkin. Bunda kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDYo organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Arizada taraflarning ajrashishga o‘zaro roziligi, voyaga etmagan farzandlari yo‘qligi va zarur hollarda nikohdan ajratishni taraflardan birining ishtirokisiz qayd etishga roziligi ko‘rsatiladi.
Er-xotinning o‘zaro roziligi asosida nikohdan ajratish FHDYo organiga ariza berilgan kundan boshlab 3 oy o‘tgach qayd etiladi.
Ariza berilganidan keyin FHDYo organi 3 kundan kechiktirmay er-xotinni yarashtirish choralarini ko‘rish uchun ularning yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini xabardor qiladi.
3 oylik muddat nikoh ariza berilgan kuni bekor qilinmasligini anglatadi. Nikohdan ajratish ushbu muddat o‘tgach FHDYo organida qayd etiladi.
Ha. Qonunchilikda ayrim holatlarda ikkinchi tomonning arizasisiz ham FHDYo organi orqali nikohdan ajrashishga ruxsat berilgan.
Agar er yoki xotin:
Bunda tegishli holatni tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarori yoki sud hukmidan ko‘chirma taqdim etiladi. Ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bilan ajrashishda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda uning bolalar va mol-mulk yuzasidan nizosi yo‘qligi haqidagi roziligi ham talab etiladi.
Agar bolalar, umumiy mol-mulkni bo‘lish yoki yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz er yoki xotinni ta’minlash masalasida nizo mavjud bo‘lsa, nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ushbu maxsus holatlarda er yoki xotin YaIDXP orqali ham elektron ariza berishi mumkin. Elektron ariza yuborilganda shaxs Face-ID yoki MyID orqali tasdiqlanadi. FHDYo organi arizani ko‘rib chiqish vaqti va taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar haqida shaxsiy kabinetga xabarnoma yuboradi.
Voyaga etmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinning o‘zaro roziligi asosida nikohdan ajratishni qayd etish uchun er-xotinning biridan yoki ikkalasidan BHMning 1,5 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Er va xotin o‘zaro kelishgan holda davlat bojini ulardan biri yoki ikkalasi to‘lashi mumkin. Nikohdan ajratish faqat er yoki xotindan birining ishtirokida qayd etilsa, davlat boji to‘liq miqdorda undiriladi.