
Ijtimoiy reestr — oilalarning daromadi, mehnatga layoqati, ijtimoiy ahvoli va yordamga bo‘lgan ehtiyojini baholash asosida davlat qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilashga xizmat qiluvchi yagona axborot tizimi.
2026-yil 1 fevraldan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» va Kambag‘al oilalar reestri negizida yagona Ijtimoiy reestr yuritiladi. Unda oilalar uch toifaga ajratiladi.
Bu toifaga oila a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan, har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va qonunchilikda belgilangan ijtimoiy holatlardan biri mavjud oilalar kiritiladi.
Ularga ijtimoiy xizmatlar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oila a’zolarining bandlik holatidan qat’i nazar, oila ushbu toifada turgan davrda ko‘rsatiladi. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, qoida tariqasida, 12 oydan keyin qayta baholanadi.
Bu toifaga mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega a’zolari bo‘lgan, biroq har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar kiritiladi.
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam dastlab 6 oyga tayinlanadi. Shu muddatda mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligi ta’minlansa, to‘lov qo‘shimcha arizasiz davom ettiriladi. Qonunda nazarda tutilgan istisnolardan tashqari, bandlik sharti bajarilmasa, to‘lov to‘xtatiladi.
Bu toifaga har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan:
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam 6 oy davomida to‘lanadi. Daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1–1,25 baravari bo‘lsa to‘lovning 75 foizi, 1,25–1,5 baravari bo‘lsa 50 foizi beriladi.
Oilani Reestrga kiritish uchun:
Bir oila Reestrga kiritish uchun bir oyda bir marta ariza berishi mumkin. Daromad, oila tarkibi, bandlik va boshqa ma’lumotlar axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
Yo‘q. Reestrdagi toifa oilaning qaysi davlat qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalanishi mumkinligini belgilashga asos bo‘ladi. Biroq ayrim subsidiya, imtiyoz yoki xizmatlar uchun qonunchilikda qo‘shimcha shartlar belgilanishi mumkin.
Oilani Reestrga kiritish, muayyan toifaga ajratish yoki Reestrdan chiqarish haqidagi qarordan tuman yoki shahar hokimligi huzuridagi Apellyatsiya kengashiga shikoyat qilish mumkin.