
Ha. Sotuvchi rozi bo‘lsa, uy-joy uchun to‘lovning bir qismini shartnoma tuzilganda, qolgan qismini esa belgilangan muddat davomida to‘lash sharti bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish mumkin.
Bunday shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi va mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Shartnomada quyidagilar aniq belgilanishi zarur:
Notarial shartnoma va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida mulk huquqi xaridor nomiga rasmiylashtirilishi mumkin.
Biroq to‘lov va boshqa majburiyatlar to‘liq bajarilguniga qadar uy-joyni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi.
Muhim: taqiq mulk huquqini bekor qilmaydi, ammo xaridorga uy-joyni sotish, hadya qilish, ayirboshlash yoki garovga qo‘yish imkonini bermaydi.
Huquqiy oqibatlar shartnomadagi shartlarga bog‘liq. Sotuvchi:
Nizo kelib chiqsa, masala sud tartibida hal qilinadi.
Qarz to‘liq to‘langanidan keyin bank to‘lov hujjatlari, sotuvchining arizasi, tilxat yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat asosida notariusga murojaat qilinadi.
To‘lov to‘liq amalga oshirilgani tasdiqlangach, uy-joyni boshqa shaxsga o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.
Tartib O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilanadi.