
Sotuvchi iste’molchilar qiziqishini oshirish va sotuvni ko‘paytirish maqsadida tovarlarga aktsiya yoki chegirmalar qo‘llashi mumkin, qonunchilikda bunday choralar taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Agar sotuvchi tovarning chegirmadan oldingi narxini ko‘rsatsa, bu chegirma hisoblanadi. Bunda ko‘rsatilgan oldingi narx chegirma e’lon qilinguniga qadar oxirgi 30 kunda amal qilgan eng past narx bo‘lishi shart. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ushbu 30 kunlik qoida istisno qilingan.
Yo‘q. Sotuvchi avval tovar narxini sun’iy ravishda oshirib, keyin pasaytirilgan narxni chegirma sifatida ko‘rsatish orqali iste’molchini chalg‘itishi taqiqlangan.
Sotuvchi chegirma e’lon qilinganda tovarlar va narxlarning hisobini yuritishi, oxirgi 30 kundagi narxlarni qayd qilishi va iste’molchi talab qilsa ushbu ma’lumotni taqdim etishi shart.
Rag‘batlantiruvchi aktsiya e’lon qilinganda sotuvchi iste’molchiga aniq va tushunarli shaklda:
Aktsiya e’lon qilingach, uning shartlarini o‘zgartirish mumkin emas. E’lon qilingan chegirma, bonus yoki boshqa imtiyozlar amalda ham haqiqatda berilishi shart.
Chegirma:
Agar tovarlar soni cheklangan bo‘lsa yoki chegirma yaroqlilik muddati yaqinlashgani, qadoq shikastlangani, mavsum tugayotgani yoki eski zaxiralar sotilayotgani sababli berilsa, bu holat iste’molchiga oldindan ma’lum qilinishi shart.
Agar chegirma olish uchun iste’molchi ro‘yxatdan o‘tishi yoki shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etishi kerak bo‘lsa, sotuvchi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilishi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi va shartlari haqida iste’molchini xabardor qilishi shart.
Eslatma: «avvalgi narx» deb istalgan yuqori narxni yozib qo‘yish mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tashqari, sotuvchi u oxirgi 30 kun ichidagi eng past narx bo‘lganini asoslay olishi kerak.