Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2853 marta o'qildi

Znak “Parkovka dlya invalidov”: kak po GOST i pravilam PDD oboruduyutsya  parkovochnыe mesta. Novosti v Novosibirske

Bepul avtoturargohdan foydalanuvchilar

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport vositalari uchun maxsus ajratilgan to‘xtab turish joylaridan:

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi hujjati mavjud bo‘lganda;
  • 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs — bolaga tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi mavjud bo‘lganda foydalanishi mumkin.

Transport vositasida «Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobilь» taniqlik belgisi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport vositalari uchun ajratilgan maxsus joylardan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

Qancha joy ajratilishi kerak

Bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob’ektlardagi avtoturargohning kirish va chiqish uchun qulay qismida maxsus joylar tashkil etiladi.

Ularning soni avtoturargoh umumiy maydonining kamida 5 foizini, biroq kamida 2 ta joyni tashkil etishi kerak.

Ko‘p qavatli avtoturargohlarda bunday joylar:

  • birinchi qavatda;
  • boshqa qavatlarda esa liftga yaqin joyda ajratiladi.

Maxsus joylarni jihozlash

Maxsus to‘xtab turish joylari amaldagi Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan tegishli yo‘l belgilari va 1.24 yotiq yo‘l chizig‘i bilan belgilanishi lozim.

Avtomobilь harakat yo‘nalishiga burchak ostida joylashtirilganda maxsus joyning o‘lchami:

  • eni — 3,5 metr;
  • uzunligi — 5 metr.

Harakat yo‘nalishiga parallel joylashtirilganda:

  • eni — 2,5 metr;
  • uzunligi — 7,5 metr bo‘lishi kerak.

Maxsus joylarni jihozlash, yo‘l belgilari va chiziqlarini soz hamda ko‘rinadigan holatda saqlash uchun avtoturargoh yoki avtomobilь yo‘liga egalik qiluvchi sub’ekt javob beradi.

Chat