
Imtiyozli navbat — qonunchilikda belgilangan toifadagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga umumiy navbat bilan almashib boradigan ustunlik asosida qabul qilish ro‘yxati.
Imtiyoz bolaning bog‘chaga darhol yoki navbatsiz qabul qilinishini anglatmaydi. Yo‘llanma bolaning yoshiga mos guruhda bo‘sh o‘rin paydo bo‘lganda va belgilangan ketma-ketlik asosida shakllanadi.
Quyidagi bolalar imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:
Imtiyoz turiga qarab:
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar hamda Ijtimoiy reestrdagi oilalar bolalari «Inson» markazi ijtimoiy xodimlari talabnomasi orqali ham imtiyozli navbatga qo‘yilishi mumkin.
Bo‘sh o‘rinlar quyidagi tartibda navbatma-navbat taqsimlanadi:
Agar bolalar egizak bo‘lsa, ularning arizalari bir vaqtda rasmiylashtiriladi. Zarur holda guruh quvvati ikkinchi egizak uchun vaqtincha oshirilishi mumkin.
Birinchi marta bolalar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat bog‘chasiga avvalo vazirlik tasdiqlagan mikrouchastkada yashovchi bolalar ustunlik bilan qabul qilinadi.
Mikrouchastkadagi bolalar qabul qilingandan keyin qolgan o‘rinlar umumiy va imtiyozli navbat asosida taqsimlanadi.
Mazkur imtiyozli navbat davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga umumiy tartibda tatbiq etilmaydi. Ularda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun alohida kvota tartibi mavjud.
Joriy o‘quv yilining 31-mayiga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolaning arizasi shu sanada avtomatik bekor qilinadi va u navbatdan chiqariladi.