Qonunchilikda talab etilgan hollarda haydovchining yonida tegishli hujjatlar bo‘lishi kerak.
Xususan, holatga qarab:
Belgilangan hollarda ushbu hujjatlarning mavjud emasligi transport vositasini boshqargan haydovchiga 1 BHM miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lsa, Kodeksda ko‘rsatilgan bir qator hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida olib yurish talab etilmaydi.
Ular haqidagi ma’lumot vakolatli xodim tomonidan elektron axborot tizimlari orqali tekshiriladi. 2025-yilda mazkur istisnoga oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma ham kiritilgan.
Haydovchilik guvohnomasini uyda qoldirib ketish bilan umuman transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmaslik bir xil holat emas.
Transport vositasini boshqarish huquqiga umuman ega bo‘lmagan yoki aynan shu toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lmagan shaxsning transport vositasini boshqarishi, shuningdek boshqarishni shunday shaxsga topshirish 5 BHM jarimaga sabab bo‘ladi.