Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4 marta o'qildi
Prezident yo‘l qoidalarini surunkali buzuvchilar masalasiga e’tibor qaratdi.

2025 yilda yo'l harakati qoidalari buzish jarimalariga qanday o'zgarishlar  kiritildi?


O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzgan haydovchilarni bir yil davomida 50 foiz chegirma bilan jarima to‘lash imkoniyatidan mahrum qilish, ba’zilarini esa umuman haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish tizimi paydo bo‘ladi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda haydovchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni tez sur’atlarda ortib bormoqda. Birgina 2024-yilda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 24 million qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, ularning 81 foizi qo‘pol qoidabuzarliklardir. Shu bilan birga, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari bunday qoidabuzarliklar bo‘yicha etakchi bo‘ldi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va mashhurlar: “Jarima to‘ladim, xohlaganimcha haydayman”, deyishmoqda. Bunday tartiblarga qarshi kurashish uchun mamlakatda “Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushiriladi. Endilikda bir oyda 2-marta qizilga o‘tish yoki 5-martagacha tezlikni oshirish kabi ashaddiy qoidabuzarliklarni sodir etgan haydovchilar jarimalarni 50 foiz chegirma bilan to‘lash imkoniyatidan bir yilga mahrum qilinadi.

Agar haydovchi bir oy ichida bunday huquqbuzarlikni 10-martadan ko‘p sodir etsa, uning haydovchilik guvohnomasi yarim yilgacha muddatga olib qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, mamlakatda tezlikni oshirganlik uchun jarimalarni qayta ko‘rib chiqish va qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilayotgani, unga ko‘ra, me’yorni muntazam ravishda 2-3 baravar oshirgan fuqarolardan ham haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilishi qayd etildi.

Chat