Yo‘nalishsiz taksi faoliyati:
Har bir transport vositasiga litsenziya varaqasi olinishi shart. Litsenziya yoki u bilan bog‘liq huquqni boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.
Yo‘nalishsiz taksi:
Shahar yo‘nalishlarida avtomobildan foydalanish muddati 15 yildan oshmasligi lozim.
«Damas» va shu turdagi vagon tipidagi transport vositasida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchi tashish taqiqlanadi.
Yo‘nalishsiz taksi haydovchisi:
O‘zini o‘zi band qilgan haydovchi avtomobilni yiliga bir marta texnik ko‘rikdan, o‘zi esa yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi shart.
Faoliyat litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud va unga tutash hududda amalga oshiriladi.
Yagona taniqlik belgilari bilan jihozlangan taksiga yo‘lovchini olish yoki tushirish maqsadida «To‘xtash taqiqlangan» belgisi hududida qisqa muddat to‘xtashga ruxsat beriladi.
Yuridik shaxsga tegishli, belgilangan tartibda jihozlangan taksilarga qonunchilikda ko‘rsatilgan shartlarda maxsus avtobus yo‘lagidan harakatlanish va ayrim pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchi olish yoki tushirish uchun bepul kirish huquqi berilgan.