
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lgan fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan amal qiladi. Bunga adabiy va ilmiy asarlar, musiqa, audiovizual asarlar, tasviriy san’at, fotografiya, arxitektura, EHM dasturlari va boshqa ijodiy asarlar kiradi.
Mualliflik huquqi g‘oyaning o‘ziga emas, uning muayyan ifoda shakliga nisbatan muhofaza beradi.
Yo‘q. Mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan avtomatik ravishda yuzaga keladi. Uni tan olish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki boshqa rasmiyatchilikni bajarish talab qilinmaydi.
Barcha turdagi asarlarni umumiy tartibda «mualliflik huquqi reestri»ga kiritish mexanizmi mazkur Qonunda nazarda tutilmagan. Biroq EHM dasturlari va ma’lumotlar bazalari uchun alohida ixtiyoriy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi mavjud.
Ha. Asardan foydalanishga oid mulkiy huquqlar shartnoma asosida boshqa shaxsga berilishi mumkin.
Shartnomada qaysi huquqlar berilayotgani, asardan foydalanish usullari, haq miqdori va to‘lash tartibi aniq ko‘rsatilishi kerak. Shartnomada bevosita berilgan deb ko‘rsatilmagan huquqlar, qoida tariqasida, berilmagan hisoblanadi.
Umumiy qoida bo‘yicha mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70 yil amal qiladi.
Muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘yicha o‘tishi mumkin. Mualliflik, ismga bo‘lgan huquq va muallif obro‘sini himoya qilish kabi shaxsiy huquqlar esa alohida muhofaza qilinadi.
Faqat qonunda belgilangan hollarda.
Masalan, muayyan shartlarga rioya etilgan holda iqtibos keltirish, ta’lim va ilmiy maqsadlarda ayrim foydalanishlar, kutubxona va arxivlar tomonidan reprografik takrorlash hamda boshqa maxsus istisnolar mavjud.
Bunday foydalanish asardan normal foydalanishga asossiz zarar etkazmasligi va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmasligi kerak.
Huquq egasi huquqbuzarlikni to‘xtatish, zararni qoplash va qonunda nazarda tutilgan boshqa himoya choralarini talab qilishi mumkin. Kontrafakt nusxalar va ularni tayyorlash uchun ishlatilgan ayrim vositalar qonunda belgilangan tartibda musodara qilinishi mumkin.
Bundan tashqari, ma’muriy javobgarlik mavjud. 2025-yil 10 noyabrdan esa mualliflik va turdosh huquqlarni ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda buzish Jinoyat kodeksining 149¹-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin.
Umumiy holda:
Eslatma: © belgisini qo‘yish yoki qo‘ymaslik mualliflik huquqining paydo bo‘lishini belgilamaydi. Huquq asar yaratilishi bilan vujudga keladi.