29.07.2025 - Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi belgilandi
287 marta o'qildi
Hukumat qarori (467-son, 26.07.2025-y.) bilan “Er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Er qa’rini davlat tomonidan geologik jihatdan o‘rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma’lumotlarni Er qa’ridan foydalanish markaziga “Geomonitoring” axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi.
Er qa’ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida buyurtmani va unga ilova qilingan ma’lumotlar taqdim etilganligini tekshiradi.
Hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani “Geomonitoring” axborot tizimida tegishli tartib raqam bilan hisobga oladi va tizim tashkilotlarini xabardor qiladi.
Er qa’ridan foydalanuvchilar er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini davlat hisobiga olingani to‘g‘risidagi xabar olingan kundan boshlab er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan er qa’ri uchastkalarini geologik jihatdan o‘rganish ishlari bilan bog‘liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi.