Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 258 marta o'qildi
“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy  ekologik markirovkalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3652-son, 25.07.2025-y.)

⇒ Ushbu Nizom sertifikatlashtirishni o‘tkazish, talabgorni avtorizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qo‘llashni o‘z ichiga oladi.

⇒ Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

⇒ Ekologik markirovkalash organi tomonidan sertifikatlashtirish bo‘yicha ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 5 ish kuni mobaynida unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi.

⇒ Sertifikatlashtirishni o‘tkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

⇒ Ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari bo‘yicha xulosa rasmiylashtiriladi.

⇒Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lganlar 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Chat