Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 183 marta o'qildi
Hukumat qarori (468-son, 28.07.2025-y.) bilan “In-vitro” sharoitida ko‘paytirilgan payvandtagli meva va tok ko‘chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom tadbirkorlarga muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan “in-vitro” sharoitida ko‘paytirilgan payvandtagli meva va tok ko‘chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

Subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

  • yangi intensiv bog‘ barpo etgan talabgorga hamda dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekilgan muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan “in-vitro” sharotida ko‘paytirilgan payvandtagli meva ko‘chatlarini xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir meva ko‘chatiga 25 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
  • muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan uzumning danaksiz va yangi nav ko‘chatlariga 7,5 ming so‘mdan, mahalliy tok ko‘chatlariga 2 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.

Talabgor subsidiyani olish uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

  • sog‘lom, viruslardan holi bo‘lgan "in-vitro" laboratoriyasida ko‘paytirilgan payvandtagli ko‘chatlarning muvofiqlik sertifikati nusxasi;
  • talabgor bilan “in-vitro” sharoitida ko‘chat etishtiruvchi ko‘chatchilik xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
  • ko‘chatlar sotib olingani bo‘yicha hisob-faktura, “in-vitro” sharoitida ko‘chat etishtiruvchi ko‘chatchilik xo‘jaligining tavsiyasi va muvofiqlik sertifikati bo‘yicha 3 yillik kafolat xati.
  • Ishchi guruh hujjatlarni 3 ish kunida joyiga chiqqan holda o‘rganadi va subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki rad etish to‘g‘risidagi xulosani tasdiqlaydi.
Chat