Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 131 marta o'qildi
Kodeksga ko‘ra, suv ob’ektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarga asosan foydalanishga beriladi.

Suv ob’ektidan vaqtincha foydalanish muddati 3 yildan kam bo‘lmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak.

Suvdan umumiy foydalanish jumlasiga quyidagilar kiradi, jumladan:

▪️ o‘zining ichimlik va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlari uchun suv olish;
▪️ cho‘milish;
▪️ chorva mollarini sug‘orish;
▪️ sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash.

Suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Suvdan maxsus foydalanish Kodeksda belgilangan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, suv servituti quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin, jumladan:

➖ suvdan umumiy foydalanish;
➖ fuqarolar va transport vositalarining o‘tishi;
➖ hayvonlarni sug‘orish va chorva mollarini haydab o‘tish;
➖ sohil bo‘yi zonalaridan erkin foydalanishni va undan o‘tishni ta’minlash.

Suv servituti ommaviy va xususiy suv servituti shaklida bo‘lishi mumkin.

Chat