Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 114 marta o'qildi
Kodeksga ko‘ra, baliq xo‘jaligi, sanoat, energetika va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi yuridik shaxslar tomonidan buzilganda, ularga nisbatan quyidagi miqdorlarda jarima tarzidagi moliyaviy sanktsiyalar qo‘llaniladi, jumladan:

  • suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 20 foizi;
  • suvdan foydalanuvchilar suv olish shartnomalari tuzilmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 30 foizi;
  • suvdan foydalanuvchilar suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 5 foizi;
  • suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv etkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 40 foizi.
  • Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanktsiyalar qo‘llanilganidan keyin 1 yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moliyaviy sanktsiyalar 5 baravar miqdorda qo‘llaniladi.
     
Chat