Transport vositasini to‘xtatish asoslari
YPX xodimi transport vositasini, jumladan:
- qoidabuzarlik vizual aniqlanganda yoki maxsus moslamada qayd etilganda;
- transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi yoki huquqbuzarlikka aloqadorligi haqida ma’lumot bo‘lganda;
- YTH yoki huquqbuzarlik guvohidan ma’lumot olish zarur bo‘lganda;
- vakolatli organning harakatni cheklash yoki taqiqlash haqidagi ko‘rsatmasini bajarishda;
- maxsus tadbir jarayonida;
- transport vositasi va tashilayotgan yuk hujjatlarini tekshirish uchun to‘xtatishi mumkin.
YPX xodimining transport vositasini Nizomda ko‘rsatilmagan boshqa asoslarga ko‘ra to‘xtatishi taqiqlanadi.
YPX xodimining huquqlari
YPX xodimi:
- haydovchilik va transport hujjatlarini tekshirish;
- haydovchi ishtirokida transport vositasi va yukni tashqi ko‘zdan kechirish;
- hujjatlarni elektron ma’lumotlar bazasi orqali tekshirish;
- YTH va boshqa huquqbuzarlik guvohlarini aniqlash;
- qonunda belgilangan hollarda transport vositasidan foydalanish;
- dvigatelь va agregat raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari bilan solishtirish;
- transport vositasini ta’qib qilish yoki kuzatish huquqiga ega.
YPX xodimining majburiyatlari
Xodim:
- xizmatni mobilь videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi;
- haydovchi oldiga borib, o‘zini tanishtirishi, lavozimi, unvoni va familiyasini aytishi;
- talab qilinganda ko‘krak nishon raqamini ma’lum qilishi va xizmat guvohnomasini ochiq holda ko‘rsatishi;
- mobilь videokamera ishlatilayotganini ma’lum qilishi;
- to‘xtatish sababi va sodir etilgan qoidabuzarlikni aniq tushuntirishi;
- yo‘l harakati qatnashchisiga hurmat bilan, vazmin va «Siz» deb murojaat qilishi shart.
YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisini asossiz ushlab turishi mumkin emas.
Yo‘l harakati qatnashchisining huquqlari
Yo‘l harakati qatnashchisi:
- to‘xtatish asosi va Qoidalarning qaysi bandi buzilganini tushuntirishni;
- xodimning o‘zini tanishtirishi, xizmat guvohnomasi va ko‘krak nishon raqamini ko‘rsatishini;
- xizmatni mobilь videokamerasiz olib borayotgan xodimga hujjatlarni taqdim etmaslikni;
- muloqotni o‘zining audio, foto yoki video qurilmasiga qayd etishni;
- maxsus moslama natijalari va uning qiyoslash sertifikati bilan tanishishni;
- asossiz ushlab turilmaslikni talab qilish huquqiga ega.
Shu bilan birga, yo‘l harakati qatnashchisi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunishi shart.