Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 175 marta o'qildi
Hukumat qarori (477-son, 30.07.2025-y.) bilan “Ichki ishlar organlarining patrulь-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

  • Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrulь-post xizmati bo‘linmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko‘rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 
  • Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXP (my.gov.uz) da ro‘yxatdan o‘tadi.
  • So‘rovnoma vakolatli organga kelib tushgandan so‘ng 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
  • Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum bo‘ladigan joyni ko‘zdan kechiradi.
  • Talabgor tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.
     
Chat