Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 174 marta o'qildi
Hukumat qarori (480-son, 31.07.2025-y.) bilan “Temir yo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament tasdiqlandi. 

Reglament umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transporti infratuzilmasiga nisbatan qo‘llanadi.

Konstruktorlik hujjatlariga muvofiq temir yo‘l mahsuloti u ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar temir yo‘l mahsulotini identifikatsiyalashni ta’minlaydigan quyidagi tamg‘aga ega bo‘lishi kerak:

▪️ muvofiqlik belgisi;
▪️ raqam;
▪️ ishlab chiqaruvchining yorlig‘i;
▪️ ishlab chiqarilgan sana;
▪️ rezervuarlar va nazorat moslamalari tekshirishdan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotlar.

Temir yo‘l mahsulotining muvofiqligini majburiy tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

majburiy sertifikatlash;

muvofiqlik to‘g‘risida deklaratsiyani qabul qilish.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:

mahsulot partiyasi - mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatidan;

seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga - 3 yildan oshmasligi kerak.

Chat