Hukumat qarori (479-son, 31.07.2025-y.) bilan “Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
- Nizomga ko‘ra, raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislarning malakasi har 2 yilda oshiriladi.
- Mutaxassislarning malakasini oshirish o‘z ixtisosligi bo‘yicha kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun tashkil qilinadi.
- Mutaxassislar malakasini oshirish bevosita va (yoki) bilvosita tashkil etiladi.
- Malaka oshirish muassasalari tomonidan mutaxassislarning malakasini oshirish kamida 36 akademik soat hajmda tashkil etiladi.
- Malaka oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan og‘zaki yoki yozma imtihon yoxud suhbat shaklida o‘tkaziladi.
- Malaka oshirish muassasalarida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan mutaxassislarga belgilangan shakldagi sertifikat beriladi.