Xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobilь O‘zbekistonga vaqtincha kiritilganda chegara bojxona postida «Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma» rasmiylashtiriladi.
Majburiyatnoma Bojxona qo‘mitasining «Avto» yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali davlat, rus yoki ingliz tillaridan birida chop etiladi.
Tirkama yoki yarim tirkama kirish va chiqish postlari oralig‘ida almashtirilmasa, avtomobilь va tirkamaga umumiy tartibda majburiyatnoma rasmiylashtiriladi.
Tirkama yoki yarim tirkama O‘zbekiston hududida almashtiriladigan bo‘lsa:
Majburiyatnomani rasmiylashtirish uchun:
Haydovchi majburiyatnomadagi:
Muhim: hujjatda xato bo‘lsa, uni imzolashdan oldin bojxona xodimiga bildiring. Haydovchining imzosi ma’lumotlarning to‘g‘riligini va avtomobilni belgilangan muddatda qaytarib olib chiqish majburiyati qabul qilinganini tasdiqlaydi.
Xorijiy avtomobilning O‘zbekiston bojxona hududida turishining umumiy muddati bir kalendarь yilda jami 90 kalendarь kundan oshmasligi kerak.
Muddat avtomobilь vaqtincha olib kirish uchun rasmiylashtirilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Muhim: 90 kun har bir kirish uchun emas, bir kalendarь yil davomidagi barcha kirish kunlari yig‘indisi bo‘yicha hisoblanadi.
Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda foydalaniladigan xorijiy transport operatsiyalarni bajarish davrida, biroq olib kirilgan kundan boshlab 90 kalendarь kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘lovlardan to‘liq ozod etilishi mumkin.
Haydovchi:
Chiqish bojxona posti hujjatni nazoratdan echadi.
Avtomobilni 90 kundan ortiq saqlash zarur bo‘lsa, muddat tugashidan oldin:
Muddat to‘lov amalga oshirilgan kunlar soniga muvofiq uzaytiriladi.
Majburiyatnoma yo‘qolsa yoki yaroqsiz holga kelsa, avtomobilь turgan hududdagi bojxona postiga pasport va ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bilan murojaat qilinadi.
Tekshiruvdan keyin dublikat bir ish kuni ichida beriladi.
Muhim: avvalgi majburiyatnoma nazoratdan echilmagan bo‘lsa, masala aniqlashtirilgunga qadar yangi majburiyatnoma rasmiylashtirilmaydi.
Ushbu tartib 2156-son Nizom bilan belgilangan.