Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish;
- sohadagi tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Loyihani amalga oshirish muddati 2025–2032-yillar etib belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insulьt ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi JICA ko‘magida yaponiyalik mutaxassislar guruhini jalb etish uchun Yaponiyaning “Yakuzemi Information Education Center” konsalting kompaniyasi bilan xorijiy valyutada 1 yil muddatga shartnoma imzolashi belgilandi.