Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 37 marta o'qildi
“Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–255-son, 21.08.2025-y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1 oktyabrdan 2026-yil 1 oktyabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:

qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;

venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;

kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.

Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:

 rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;

vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reestrga kiritilgan bo‘lishi;

o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;

investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reestrini yuritishi.

Chat