Parvarishlashning haqiqiy holatini tekshirish dalolatnomasi — shaxsning parvarishga muhtoj fuqaro bilan birga yashab, amalda unga qarab turganini tasdiqlovchi elektron hujjat.
«Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi ushbu ma’lumot qarab turuvchi shaxsga pensiya tayinlashda parvarish davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash uchun asos bo‘ladi. Bir parvarishga muhtoj shaxs bo‘yicha bu davr u bilan birga yashagan shaxslardan faqat biriga hisoblanadi.
Dalolatnoma quyidagilarga amalda qarab turgan shaxs uchun rasmiylashtiriladi:
Ariza beruvchi parvarishga muhtoj shaxs bilan birga yashashi kerak. U O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi mumkin.
Ariza beruvchi:
Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi. So‘rovnomada nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumot yoki hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nogironlik, yosh va parvarishga muhtojlik haqidagi ma’lumotlar axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
«Inson» markazining vakolatli xodimi so‘rovnoma kelib tushganidan boshlab 5 ish kuni ichida parvarishga muhtoj shaxs yashaydigan manzilga chiqadi.
Tekshirish mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida o‘tkaziladi. Haqiqatda birga yashash, parvarish ko‘rsatilayotgani va so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi o‘rganiladi.
Dalolatnoma 12 oyga rasmiylashtiriladi.
Parvarishlashning haqiqiy holati har 6 oyda vakolatli organ xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda monitoring qilinadi. Dalolatnoma bo‘lmasa, parvarishlash holati sud qarori bilan belgilanishi mumkin.
Quyidagi holatlarda rad etiladi:
Boshqa sabablar, jumladan, xizmatni ko‘rsatish «maqsadga muvofiq emas» degan vaj bilan rad etish mumkin emas. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin qayta murojaat qilish mumkin.
Dalolatnoma axborot tizimida avtomatik ravishda bekor qilinadi, agar:
Rad etish yoki bekor qilish qonuniy emas deb hisoblangan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.