Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Parvarishga muhtoj shaxslar — I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalar.
Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
Vakolatli organ: Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni
Dalolatnoma 12 oy muddatga rasmiylashtiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 318-son qarori.