Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10648 marta o'qildi

Olib chiqish muddati tugagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositasi tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositasi sifatida qaraladi.

Olib kirish muddati tugagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositasi:

  • O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi lozim;
  • “vaqtincha olib kirish” yoxud “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositasini  respublikaga olib kirish muddatidan o‘tgan har bir kun uchun dvigatelь hajmining har kub. santimyetridan - 0,01 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Yig‘imlar AQSh dollarida Markaziy bank tomonidan ularni to‘lash kunida belgilangan kurs bo‘yicha hisoblanadi.

Avtotransport vositasini olib kirish muddati buzilgan taqdirda, yig‘im to‘liq undirilgunga qadar avtotransport vositasini vaqtincha saqlash choralari ko‘riladi.

O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositasini vaqtincha saqlash davri uchun yig‘im to‘lanmaydi.

Qonun hujjatlari qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda, avtotransport vositasi musodara qilinishi mumkin.

Chat