Ovchilik guvohnomasi 18 yoshga to‘lgan, muomalaga layoqatli, maxsus o‘quv kursini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxsga beriladi.
Ovchilik guvohnomasi ov qilish huquqini tasdiqlovchi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Biroq muayyan yovvoyi hayvonni ovlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tegishli ruxsatnoma va ovchilik yo‘llanmasi ham talab etiladi.
Ovchilik guvohnomasini olish uchun:
O‘quv kurslarida bioxilma-xillikni asrash, hayvon turlari va anatomiyasi, ov qilish qoidalari va etikasi, ov usullari hamda birinchi yordam ko‘rsatishga oid bilimlar o‘rgatiladi.
Ovchilik guvohnomasi 2 yil muddatga beriladi. U haqidagi ma’lumot shaxsning pasporti yoki ID-kartasi ma’lumotlariga integratsiya qilinadi.
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda maxsus o‘quv kursini qayta o‘tash talab etilmaydi.
Ovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun 2 BHM miqdorida to‘lov undiriladi.
Nafaqadagi shaxslar va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov 1 BHMni tashkil etadi.
Eslatma: ovchilik guvohnomasining o‘zi har qanday hayvonni istalgan joyda ovlash huquqini bermaydi. Ov qilishda muayyan tur uchun belgilangan kvota, ruxsatnoma, ov mavsumi va ovchilik xo‘jaligi talablariga ham rioya qilish zarur.