Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Qaror bilan O‘zbekiston Hukumati bilan Ozarbayjon Hukumati o‘rtasida klonlangan, o‘g‘irlangan, yo‘qolgan va jinoyat faoliyati bilan bog‘liq mobil qurilmalar bo‘yicha axborot almashinuvini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.