Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 69 marta o'qildi

"Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda lavozimlarining davlat reestriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi buyruq Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3705, 14.11.2025-y.).

Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi;

Engil sanoatni rivojlantirish agentligi;

Kasbiy ta’lim agentligi.

Shu bilan birga, Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestri quyidagi lavozimlar bilan to‘ldirilmoqda:

► vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozimlar (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsulьt va boshqalar);

► hududiy bo‘linmalarda 14 ta turli lavozimlar (matbuot kotibi, devonxona mudiri, etakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqalar).

Chat