Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 46 marta o'qildi
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025-y.) qabul qilindi.

 

Quyidagilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

♦ 16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;

♦ “Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam o‘qib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;

♦ “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1 fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:

♦ ta’lim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;

♦ ta’lim jarayonida ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishish;

♦ volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;

♦ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.

Chat