Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 95 marta o'qildi
Hukumat qarori (825-son, 25.12.2025-y.) bilan “Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish, o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek, ishonchnomalarning reestrini yuritish bo‘yicha “Vakolat.uz” platformasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ishonchnoma jismoniy va yuridik shaxslarning xohishiga ko‘ra so‘rovnomada ko‘rsatilgan, biroq 3 yildan oshmagan muddatga beriladi.

Ishonch bildiruvchi ishonchnomani rasmiylashtirish uchun OneID orqali Vakolat.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tadi va tegishli so‘rovnomani to‘ldiradi.

Quyidagi hollarda ishonchnoma ishonch bildiruvchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin:

▪️ jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
▪️ yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarganda;
▪️ jismoniy shaxsning biometrik pasporti (ID-karta) ma’lumotlari o‘zgarganda;
▪️ ishonchnomaning amal qilish muddati uzaytirilganda.

Quyidagi hollarda ishonchnoma Platforma tomonidan avtomatik ravishda bekor qilinadi:

▫️ ishonchnomaning muddati tugaganda;
▫️ jismoniy shaxs vafot etganda;
▫️ yuridik shaxs tugatilganda.

☑️ Reestr ishonchnomalarni unikal raqam orqali qidirish uchun barchaga ochiq hisoblanadi.

⏭️ “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida rasmiylashtirilgan ishonchnomalar Reestrga avtomatik ravishda kiritiladi.

Chat