Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.
▶️ Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi, Davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar miqdorlari, ushbu jamg‘armalarning daromadlari hamda xarajatlari o‘zgartiriladi.
✅ Shuningdek, Byudjet mablag‘larining maqsadliligi, samaradorligini oshirish, byudjet intizomini mustahkamlash doirasida mablag‘larning bir qismini maqbullashtirish va ularni qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirish nazarda tutildi.