✅ Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasining umumiy shtat birliklari doirasida quyidagi lavozimlar kiritiladi:
► hokimning tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
► hokimning dasht va cho‘l hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
2026-yildan yangi kiritilayotgan viloyat hokimi o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholashda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bunda:
► ularga KPI ko‘rsatkichlarini belgilashda tegishli hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha strategik ko‘rsatkichlar va maqsadli indikatorlar ko‘zda tutiladi;
► KPI ko‘rsatkichlari tasniflanadi (strategik, hudud va tuman), ularning o‘zaro mutanosibligi ta’minlangan holda ishlab chiqiladi;
► ularning KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida belgilangan maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorligi bilan baholanadi.