Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8 marta o'qildi

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1 sentyabrdan davlat xaridlari maxsus axborot portalida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining faoliyatini idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik tarzda baholash imkonini beruvchi elektron-skoring tizimi ishga tushiriladi. 

✔️ Bunda elektron-skoring tizimi vositasida ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi “yuqori”, “o‘rta”, “past” va “eng past” ishonchlilik darajalari beriladi.

Yuqoridagilar asosida quyidagi rag‘batlantirish choralari ko‘riladi:

► “yuqori” ishonchlilik darajasiga ega ishtirokchilar uchun zakalat to‘lash talab etilmaydi;

► eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga ishonchlilik darajasiga mutanosib ravishda qo‘shimcha ball beriladi;

► davlat xaridlari sohasida “eng faol tadbirkor” tanlovida davlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “yuqori” bo‘lgan davlat xaridlari ishtirokchilarining nomzodlari qo‘llab-quvvatlanadi.

⛔️ Shuningdek, avlat xaridlaridagi ishonchlilik darajasi “past” va “eng past” bo‘lgan ishtirokchilarning: 

► xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishiga ruxsat etiladigan davlat xaridlarining yuqori qiymatiga nisbatan me’yorlar belgilanadi;

► bepul onlayn o‘quv kurslari orqali malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Chat