Qarorga ko‘ra, Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti negizida Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi (Markaz) tashkil etiladi.
✅ Markaz respublikadagi radioaktiv chiqindilarni maxsus avtotransportda tashish, qabul qilish, saralash va uzoq muddatli xavfsiz saqlash bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatuvchi davlat muassasasidir.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
► respublikada ishlab chiqarilgan va unga olib kirilgan, ishlash muddati tugagan yoki ishdan chiqqan radioaktiv manbalar bilan ishlash jarayonida hosil bo‘lgan radioaktiv chiqindilarni saralash, qayta ishlash, uzoq muddatli saqlash;
► radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va bu sohada ilmiy tadqiqot o‘tkazish;
► sohada raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini ta’minlash.