Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 255 marta o'qildi

“Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–64-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, 2030-yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

♦ kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga – 145 trln so‘mga etkazish;

♦ kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 mlrd AQSh dollaridan oshirish;

♦ sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish o‘rinlarini 500 mingtaga etkazish.

2026–2027-yillarda 1-bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi:

♦ sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-ob’ekt va monumental san’at asarlari hududlaridan iborat yashil bog‘;

♦ raqamli dizayn va dasturlash yo‘nalishida nufuzli xalqaro maktab;

♦ buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;

♦ badiiy ijodkorlar pavilьoni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi.

Chat