Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 317 marta o'qildi

“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–25-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishning 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

► Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini kamiida 20 pog‘onaga ko‘tarish;

► Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi tomonidan e’tirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari sonini 2,5 barobarga oshirish;

► xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlari ulushini kamida 80 foizga etkazish.

Shuningdek, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

✅ O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyati to‘xtatiladi hamda uning tarkibidagi muvofiqlikni baholash organlari tugatiladi.

O‘zbekiston standartlar instituti unga O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qo‘shib olish orqali qayta tashkil etiladi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1 apreldan muvofiqlikni baholash sohasida tadbirkorlarga quyidagi engilliklar joriy etiladi:


► muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar tushumidan ajratmalar 2,5 barobarga kamaytirilib, 2 foiz miqdorida belgilanadi hamda to‘liqligicha O‘zbekiston akkreditatsiya markazi ixtiyorida qoldiriladi;

► tadbirkorlar tomonidan 2 va undan ortiq akkreditatsiyadan o‘tgan holda muvofiqlikni baholash xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan sohada davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu sohada sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

► muvofiqlikni baholash organlariga Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya o‘tgan holda eksport bozorlarida talab etilayotgan xorijiy standartlar asosida muvofiqlikni baholash ishlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi.

✅ Quyidagi iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish to‘liq xalqaro standartlar asosida tashkil etiladi:

♦ 2026-yil 1-iyuldan to‘qimachilik, charm, mebelь, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari;

♦ 2027-yil 1 yanvardan neftь va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlar;

♦ 2028-yil 1 yanvardan energetika, kimyo, ekologiya, xizmat ko‘rsatish sohalari.

Chat