Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20 marta o'qildi

Hukumat qarori (85-son, 28.02.2026-y.) bilan “Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifalarga mansub sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirish harakatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Qarorga ko‘ra, sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga ta’sirini kamaytirish harakatlari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

✅ 1-bosqichda - atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stantsiyasini (monitoring stantsiyasi) o‘rnatgan sanoat korxonasiga:

➖ tabiatga zarar etkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechiladi;

➖ tabiatga zarar etkazish bo‘yicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizi 2 yil davomida qaytariladi;

✅ 2-bosqichda - monitoring stantsiyasini o‘rnatgan sanoat korxonasi kelgusi 1 yil davomida chang-gaz va lokal oqova suv tozalash uskunalarini o‘rnatganda, tabiatga zarar etkazish bo‘yicha respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 70 foizi 2 yil davomida qaytariladi.

Sanoat korxonasi monitoring stantsiyasi, chang-gaz va (yoki) lokal oqova suv tozalash uskunasini o‘rnatgani to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali Ekologiya qo‘mitasiga xabarnoma yuboradi.

Xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Ekologiya qo‘mitasi tomonidan xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

O‘rganib chiqish natijasi bo‘yicha sanoat korxonasini rag‘batlantirish to‘g‘risida Ekologiya qo‘mitasining xulosasi rasmiylashtiriladi.

Chat