Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 30 marta o'qildi

Adliya vazirligi Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3783, 28.02.2026-y.).


Milliy reyting Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan yuritiladi.

Davlat va nodavlat OTTlar quyidagi 4 ta toifa bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi:

▪️ amaliy fanlar;
▪️ tibbiyot fanlari;
▪️ ijtimoiy-gumanitar fanlar;
▪️ ijod (sport).

Har yili 1 noyabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.

Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma va xalqaro ekspertlar o‘rtasida xalqaro obro‘ni baholashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkaziladi.

☑️ Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy so‘rovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu so‘rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-o‘qituvchilarning kamida 20 foizi so‘rovnomada ishtirok etishi lozim.

Chat