“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–75-son, 03.03.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi zamonaviy sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi.
Musobaqalar quyidagi yo‘nalish va bosqichlarda o‘tkaziladi:
✅ yo‘nalishlar:
▫️kibersport yo‘nalishi;
▫️ dron texnologiyalari yo‘nalishi;
▫️ robot texnologiyalari yo‘nalishi;
✅ bosqichlar:
▪️ 1-bosqich – vazirlik va idoralarda har yili avgust oyida “Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi” ichki musobaqasi;
▪️ 2-bosqich – har yili oktyabrь oyida “Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi” musobaqasi;
▪️ 3-bosqich – har yili dekabrь oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi.
Qarorga ko‘ra, musobaqada g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
► 1-bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 10 mln so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi;
► 2-bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 30 mln so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi;
► 3-bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoaning har bir a’zosi biryo‘la to‘lanadigan 50 mln so‘m pul mukofoti hamda jamoa uchun mudofaa vaziri kubogi.
Mudofaa vazirligi musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
✅ Musobaqada ishtirok etuvchi hamda saralab olingan harbiy xizmatchilar hisobini yuritish maqsadida xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan yagona elektron reestr joriy etiladi.