Ushbu Reglament jismoniy shaxslarni Mediatorlar reestriga kiritish bilan bog‘liq davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Qarorga ko‘ra, maxsus o‘quv kursida o‘qigan, malaka imtihonini topshirmoqchi bo‘lgan va Reestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs:
▫️ Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi;
▫️ yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
✅ Talabgor so‘rovnomani yuborish vaqtida mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari va mediatorning kasb etikasi qoidalari bilan tanishganini tasdiqlashi lozim.
Talabgorning malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tishi (notariuslar va advokatlar bundan mustasno) uni Reestrga kiritish uchun asos bo‘ladi.
Hududiy adliya organlari tomonidan Reestrdagi ma’lumotlar real vaqt rejimida yangilanib boriladi.