Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 124 marta o'qildi

Adliya vazirligi Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularning samaradorligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3806, 03.04.2026-y.). 


Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.

Samaradorlikni o‘rganish mustaqil ilmiy ekspertlardan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Samaradorlikni o‘rganish natijalari bo‘yicha dori vositalari quyidagi 3 ta toifaga ajratiladi: 

► samaradorligi isbotlangan dori vositalari (samaradorligi xalqaro ilmiy manbalarda tasdiqlangan bo‘lsa); 

► samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari (xalqaro ilmiy manbalarga ko‘ra, samaradorligi o‘z isbotini topmagan bo‘lsa); 

► samaradorligi o‘rganilmagan dori vositalari (samaradorligi bo‘yicha xalqaro ilmiy manbalarda ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa). 

O‘rganish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Chat