Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 110 marta o'qildi

Hukumat qarori (210-son, 28.04.2026-y.) bilan “Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.


Mazkur Nizom buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarning imtihon topshirish jarayonidagi quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

➖ dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari;
➖ imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari.

Talabgorlarning dastlabki ro‘yxatdan o‘tishi va imtihon topshirishi 2026-yil 1-maydan 2028-yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan taqdirda, xarajatlar qoplab beriladi.

Talabgor davlat xizmatlari markazlari hamda YaIDXP yoki subsidiya.mf.uz portali orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

▫️ ariza;
▫️ biometrik pasport nusxasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari;
▫️ imtihon topshirish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️ imtihonni muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;  
▫️ xizmat ko‘rsatuvchi bank va bank kartasi rekvizitlari.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ariza tushgan kundan boshlab 7 ish kuni mobaynida imtihon topshirish xarajatlarining qoplab berilishi yoki qoplab berilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Chat